SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Real iqtisodiyot" kafedrasining assistenti Mirzayeva Shirin Nodirovna hamda "Sirtqi bo'limi", "Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)" yo'nalishi, BX-S-419 guruh talabasi Abduraxmonova Mashxura Davronovnalar ilmiy-tadqiqotlar markazi tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va ro'yobga chiqarish, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyati va iste'dodini rivojlantirish, hozirgi kunda yoshlarni iqtidorli va salohiyatli kamol toptirish, kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadini ko'zlagan holda samarali takliflari yoritilgan loyihalari bilan — Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy forumda ishtirok etib, "Intellektual izlanuvchi" esdalik nishoni, guvohnoma, diplom, sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, "Real iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, i.f.n. Sharipov To'lqin Saidahmedovich, "Sirtqi bo'limi" boshlig'i, "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi i.f.n. Abdukarimov Furqat Barat Aliyevich hamda "Magistratura bo'limi" boshlig'i, "Real iqtisodiyot" kafedrasi prof. v.b., i.f.n. Sultonov Shodiyor Sultonovich Sh.N.Mirzayeva va M.D.Abduraxmonovalarning loyihalariga ilmiy rahbarlik qilganligi uchun, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida umumiy muammolarga doir masalalar bo'yicha yoshlarning samarali takliflarini ishlab chiqarishda, talabalararo ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda xalqaro va milliy andozadagi ta'lim tizimi rivojiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik yuzasidan ularga tashakkurnomalar berildi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены