Karyera markazi



#Karyera_markazi
#Marketing_boʻlimi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida "Karyera markazi"ning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda institut marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimi G'.Pardayev tomonidan institutda talabalarni ish bilan ta'minlash borisida amalga oshirilayotgan ishlar, korxonalar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Shuningdek talabalarning ishga joylashish, stajirovka o'tash, rezyume to'ldirish borasidagi savollariga batafsil javob berildi.
