Erasmus+ Texnik Yordam Missiyasi (TYM): Oliy ta'limni raqamlashtirish va universitetlar raqobatbardoshligini oshirish



Joriy yilning 25-sentabr kuni, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Oliy ta'limni raqamlashtirish va universitetlar raqobatbardoshligini oshirish" mavzusida texnik yordam missiyasi seminari natijalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir gibrid formatda tashkil etilib, unda oliy ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlar uchun innovatsion strategiyalarni muhokama qilindi va oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so'z yuritildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning 23-24-aprel kunlari Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Erasmus+ Texnik Yordam Missiyasi (TYM) seminari "Oliy ta'limni raqamlashtirish va universitetlar raqobatbardoshligini oshirish" mavzusida muhokama uchrashuvi bo'lib o'tgan edi .
