"Navro‘z qadriyatlar beshigi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Navro‘z bayrami arafasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarni an’analar va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Navro‘z qadriyatlar beshigi” haftaligi doirasida talaba-qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institut psixologi D.To'xtamisheva hamda talabalar tomonidan Navro‘z bayramining tarixi va ma’naviy ahamiyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ijtimoiy faollikni oshirish kabi muhim masalalar muhokama etildi.
