SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Mazkur loyiha talabalarda Vatanga muhabbat tuygʻusini yuksaltirish, dahldorlik hissini shakllantirish, ularni milliy armiyamizga boʻlgan hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti imzosi boʻlib xizmat qilmoqda.


Kecha, institut sport maydonida loyihaning ushbu mavsumdagi yakunlovchi qismi boʻlib oʻtdi. Unda saralab olingan talaba-qizlardan iborat 3 ta jamoa: "Bibixonimlar", "Nodirabegimlar", "Barchinoylar" avtomatni qismlarga sochib-yigʻish, gaz niqobidan foydalanish, qoʻl toʻpponchasini yigʻish va estafeta shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sanashishdi. Yakunda "Bibixonimlar" jamoasi gʻalaba qozondi.


Shuningdek loyiha davomida Samarqand gornizonidagi 75061-sonli harbiy qism askarlari hamda institut talaba-qizlari tomonidan maxsus harbiy chiqishlar namoyish etildi.


Yakunda gʻoliblar, loyihani tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan faollar hamda 75061-sonli harbiy qism va uning komandirlari institut maʼmuriyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены