Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi

2025-04-24 515
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida rus tili bo‘yicha IV Xalqaro Derjavin olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Nigeriya, Turkmaniston, Vyetnam, Zambiya, Armaniston, Misr, Tailand kabi xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari ham ishtirok etishdi. Olimpiadaning turli yo'nalishlarida institutimiz talabalari yuqori o'rinlarni egallashdi. 

1-o‘rin — D.Bekmuratov (IK-622 guruh), S.Dushamov (IK-223 guruh), D.Saidmurodov (TBU-124 guruh).

2-o‘rin — R.Muhammadiyev (BH-K-223 guruh)

3-o‘rin — I.Ahmedova (IK-624 guruh)