SamISI psixoligi D.To'xtamisheva TTJda seminar trening o'tkazdi.



SamISI psixoligi D.To'xtamisheva TTJda yashovchi talabalar bilan "Ruhiy zo'riqishni bartaraf etishning psixologik usullari", "Shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish'',"Xotirani baholash", bo'yicha psixologik seminar-trening o'tkazdi. Trening davomida "2023-yil omad, baxt, sog'lik olib kelsin" deb nomlangan psixologik aksiyada talabalar yangi yilda amalga oshirmoqchi bo'lgan orzu va rejalarini yozar ekan, ijobiy kayfiyat, o'ziga bo'lgan ishonch yanada shakllantirildi.
