Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqasi tashkil etildi



“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta’lim fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu sport tadbiri yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa jarayonida talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, do‘stona muhitda bellashishdi.
