Institut psixologi tomonidan davra suhbati tashkil etildi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida institut psixologi D.Toʻxtamisheva tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun “O‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish yoki zo‘ravonlik sodir etish holatlarini oldini olish” mavzusida psixologik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu suhbatning asosiy maqsadi:
ta’lim muassasasida sog‘lom va xavfsiz psixologik muhitni ta’minlash;
o‘quvchi va talaba-qizlarning sha'ni, qadr-qimmati, ruhiy holati doimiy e’tiborda bo‘lishi kerakligini uqtirish;
nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish borasida zarur bilim va yondashuvlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
