Maʼrifat ulashib



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Nabi Jaloliddinning "Vatan" hikoyasi sahnalashtirildi.
Ushbu loyiha nafaqat adabiy merosimizni tanitish, balki talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini ham namoyish etish imkonini berdi. Sahnalashtirilgan hikoya, ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun vatanparvarlik, mehr-muhabbat va insoniy qadriyatlarni yuksak darajada aks ettiruvchi san'at asariga aylandi.
