SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Bugun 15-fevral kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kichik majlislar zalida Samarqand viloyati Prokuraturasi "Uyushgan jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'limi alohida ishlar bo'yicha tergovchisi S.K.Ergashev, institut rektori maslahatchisi M.Barotov, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shakarov boshchiligida "Korrupsiya - jamiyat kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Unda korrupsion holatlar, uning ayanchli oqibatlari, jamiyatga zarari, kelajak avlodga ta'siri yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Davra suhbati davomida fakultetlar dekanati xodimlari, kafedra mudirlari va tyutorlar hamda bo'lim boshliqlari va xodimlari bilan navbatdagi profilaktik  mazmundagi yig‘ilish o‘tkazildi. 

Korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etgan shaxsga jazo muqarrarligi yana bir bor eslatib o‘tildi. Shuningdek, institut hududida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga har bir xodim mas'ul ekanligi aytildi. 

Tadbir so‘nggida berilgan savollarga javoblar berildi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены