“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi namoyish etildi

2025-07-11 534
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi namoyish etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Bahodir Yalangtoʻsh” badiiy filmining namoyishi o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining buyuk sarkardasi, davlat arbobi va madaniyat homiysi Bahodir Yalangto‘shning ibratli hayoti, jasorati hamda tarixiy xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.