SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Joriy yilning 3-iyul kuni bank-moliya xizmatlari fakulteti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda iqtidorli talabalar Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan tajribali soliq maslahatchisi Akobir Shamsiyev rahbarligidagi “Ako Shams” korxonasiga tashrif buyurdi.

Talabalar moliya va soliq sohasidagi amaliy jarayonlar bilan tanishib, biznes yuritishning huquqiy asoslari va soliq tizimi bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuvda ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohaga doir bilimlarini mustahkamlashdi.

Tashrif yakunida institut va “Ako Shams” korxonasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ushbu tadbir “Biznes marafon”, “Bir talabaga – bir loyiha” dasturi va kasbiy to‘garaklar doirasidagi amaliy ishlarga izchil davom bo‘ldi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены