Vakillarimiz Butunjahon Barqaror Rivojlanish Kongressida ishtirok etishmoqda

2025-06-19 346
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Vakillarimiz Butunjahon Barqaror Rivojlanish Kongressida ishtirok etishmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari Butunjahon Barqaror Rivojlanish Kongressi doirasida o‘tkazilayotgan seminar va master-klasslarda faol ishtirok etishmoqda.


Tadbir doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda, global barqarorlik va ijtimoiy rivojlanish masalalari yuzasidan tajriba almashilmoqda.


Institut vakillari, shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida gender tengligi muammosi” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot yig‘ilishida ham qatnashdilar.