26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni



Har yili 26-iyun kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan iqtisodiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida tyutorlar tomonidan giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga salbiy ta’siri, shuningdek, ushbu illatning oldini olish yo‘llari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, bu boradagi muammolarni bartaraf etishning samarali usullari haqida muhokamalar olib borishdi.
