SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva tomonidan talabalar ishtirokida psixologik treninglar tashkil etilib kelinmoqda. Shunday treninglardan biri bank-moliya xizmatlari fakultetida "Shukronalik eng ulug‘ fazilat: shukronalikning psixologik ahamiyati" mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida shukronalik hissining inson ruhiyati va ijtimoiy hayotdagi o‘rni, uning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida so‘z yuritildi. Shukronalik – insonning bor narsasiga qanoat qilishini, oilasi, Vatani, jamiyati uchun minnatdorlik hissini tuyishini ifodalovchi muhim fazilatdir. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning ta’lim olishi, ilmiy izlanish olib borishi, o‘z kasbiy mahoratini oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa har bir talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, minnatdorlik va fidoyilik hissini kuchaytiradi. "Vatanga muhabbat va shukronalik" meditatsiyasi o‘tkazilib, yoshlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Talabalar Vatanga sadoqat va minnatdorlik hissi haqida o‘z qarashlarini bildirishdi.

#Psixolog_faoliyati

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены