SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Joriy yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 1319 nafar bitiruvchisi o‘z taʼlim yo‘lini yakunlamoqda. Ularning qiziqish va iqtidorlaridan kelib chiqib mehnat bozoriga yo‘naltirish, kasb tanlashda ko‘mak berish maqsadida institutda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. Ular o‘zlarida mavjud bo‘lgan 2500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari haqida bitiruvchilarga ma’lumot berishdi. Yarmarka davomida 200 dan ziyod bitiruvchi bilan ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Shuningdek, yana 300 dan ortiq ish o‘rinlari bo‘yicha suhbatlar belgilandi.

Mazkur yarmarka nafaqat bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta’minlash, balki ular bilan ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qildi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены