Sirtqi ta’lim bo‘limi talabalari ishtirokida profilaktik davra suhbati o'tkazildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti sirtqi ta’lim bo‘limi talabalari ishtirokida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik oyligi doirasida huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirda institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.To‘rayev, institut profilaktika inspektori A.Amonullayev, Charxin 2-son IIB profilaktika katta inspektori J.Pardaev hamda bo‘lim joylashgan mahalla raisi Sh.Salimov ishtirok etib, talabalarga bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan bir qator huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, ularning institut ichki tartib-intizomiga rioya etishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
