"Sayyoramiz soati" aksiyasi bo‘lib o‘tdi!



25-mart — "Yer kuni" munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Sayyoramiz soati" aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda institutdagi barcha bino va inshootlar bosqichma bosqich 60 daqiqa davomida elektr energiyasi tarmog‘idan uzildi.
Vaqtdan unumli foydalangan rahbar-xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar institut hovlisida, tabiat manzaralaridan bahra olgan holda turli mavzularda fikr almashishdi. Shuningdek ushbu aksiyaning "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yilidagi ramziy ma'nosi haqida ham so‘z yuritildi.
