Fakultet qizlari o‘rtasida shashka va shaxmat musobaqasi o‘tkazildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari hamda jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi hamkorligida fakultet qizlari o‘rtasida sportning shashka va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.
