"Dolzarb 90 kun" doirasida “Bir talabaga – bir loyiha” dasturi doirasida to‘garak tashkil etildi



Iqtisodiyot fakulteti dekanati tomonidan talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Bir talabaga – bir loyiha” nomli o‘quv akseleratsiya dasturi asosida maxsus to‘garak yo‘lga qo‘yildi. Mazkur to‘garakka fakultetning ijodkor va tashabbuskor talabalari jalb qilinib, ularning loyiha tuzish, tahlil qilish va amalga oshirish bo‘yicha bilim va tajribalarini oshirish rejalashtirilgan. Dastur doirasida talabalarning innovatsion fikrlash qobiliyatini kuchaytirish va amaliyotga yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
