"Dolzarb 90 kun" doirasida talabalar o‘rtasida "Kitobxon yoz – 2025" onlayn tanlovi o‘tkazildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tashabbusi bilan talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kitobxon yoz – 2025” onlayn tanlovi o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘tkir Hoshimovning insoniylik, vijdon va hayot haqiqatlari aks etgan “Ikki eshik orasida” asari muhokama qilindi.
Talabalar asar yuzasidan o‘z fikr va tahlillarini bildirishdi, obrazlar tahlili, muallif uslubi va kitobning dolzarbligi yuzasidan faol bahs-munozaralar olib borildi.
Tadbir orqali ishtirokchilar nafaqat adabiy bilimlarini mustahkamlashdi, balki erkin fikrlash, tanqidiy yondashuv va nutq madaniyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
