Bank-moliya xizmatlari fakulteti jamoasi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi

2025-10-30 788
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Bank-moliya xizmatlari fakulteti jamoasi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan talabalar uchun tarixiy ma’lumotlar taqdim etilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berildi.