Barcha fakultetlarda "Bilimdon kitobxon talaba" ko‘rik-tanlovining guruhlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi

2025-10-29 726
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Barcha fakultetlarda "Bilimdon kitobxon talaba" ko‘rik-tanlovining guruhlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Bilimdon kitobxon talaba” ko‘rik-tanloviga start berildi.

Bugun barcha fakultetlarda tanlovning guruhlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining sevimli asarlari haqida so‘zlab yuritib, o‘qigan asarlari yuzasidan savol-javobda qatnashdilar. Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil fikrlash va nutq mahoratini rivojlantirishga xizmat qildi.