Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti birinchi bosqich talabalari muzeyga tashrif buyurdi

2025-09-13 707
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti birinchi bosqich talabalari muzeyga tashrif buyurdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutori tashabbusi bilan birinchi kurs talabalari uchun “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Talabalar ekspozitsiyalar orqali mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga oid tarixiy va ma’naviy meros haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishdi.