Rektor tabrigi



Assalomu alaykum hurmatli va aziz vatandoshlar!
Bugun, 21-mart, oʻlkamizda bahor faslining ulugʻ ayyomi, qadimiy bayramlarimizdan biri Navroʻzi olam nafasi ufurib turibdi. Fursatdan foydalanib barchangizni ushbu yasharish, yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Navroʻz hammamizga insoniylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fanidan saboq beradi. Shu fayzli lahzalarda barchamiz tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning qadr-qimmati va ahamiyatini yaxshi anglaymiz.
Navro‘z bayrami mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga, eng sevimli va ardoqli ayyomga aylangani bilan cheksiz faxrlanamiz.
Mana shu qutlug‘ ayyomda siz va yaqinlaringizni, qolaversa butun Oʻzbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman! Sharqona yangi yilimiz muborak bo‘lsin! Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ kelsin!
Hurmat ila Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich
