Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi turizm yarmarkasida ishtirok etdi



Bugun Registon maydonida "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" shiori ostida "Ichki turizm yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari va yangi loyihalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, institut jamoasi, talabalar va xodimlar ham faol qatnashib, turizm sohasidagi yangiliklar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbir yakunida institut jamoasining yarmarkadagi faol ishtiroki e’tirof etilib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
