SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Bugun, 2023-yil 16-may kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Vengriyaning Jon von Neyman universiteti qoshidagi Yevrosiyo markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi.


Ayni kunlarda Vazirlar Mahkamasi topshirigʻi bilan bir guruh oliy taʼlim muassasalari rektorlari Vengriyaga Oʻzbekiston-Vengriya rektorlari forumida ishtirok etish uchun joʻnab ketishmoqda. Mazkur xorijiy safar oldidan esa veng tomoni bilan amaliy ishlarni olib borish boʻyicha chora tadbirlar bajarilmoqda.


Yevrosiyo Markazi rahbari Dr. Levente Xorvat, xodimlar Sandor Seremet va Sabolch Veresdan tashkil topgan delegatsiyasini institut rahbariyati kutib oldi va institut faoliyati toʻgʻrisida tanishtirishdi.

Oʻz navbatida Yevrosiyo markazi rahbariyati ham oʻz faoliyati haqida aytib berishdi. 


Tomonlar hamkorlik masalalarini belgilab olishdi va kelgisida turli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishishdi.


SamISI Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|Sies.uz

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены