Samarqand viloyati soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda mahorat darsi tashkil etildi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning soliq sohasidagi bilimlarini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyati va soliq xizmati organlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur darsni institut yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov ochib berdi. Shundan so'ng viloyat soliq boshqarmasi bosh inspektori B.Soliyev hamda matbuot kotibi D.Amonovalar so'zga chiqib talabalarga yuqoridagi mavzu yuzasidan ma'lumot va tushunchalar berishdi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
