Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv tashkil etildi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida joriy yilning 17-fevral kuni talaba-yoshlarda ijodga, adabiyotga va eng muhimi kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Zuhrabegim Eshonqulova, Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zubaydullo Ibragimov, Shoira Anora O‘tamurodova, Shoir Dilmurod Shonazarovlar taklif etildi.
