SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik haqida so'z yuritildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rektor maslahatchisi M.Barotov, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.To‘rayev, fakultet dekani O.Pardayevlar so‘zga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarning foydali va salbiy tomonlari, ulardan to‘g‘ri foydalanish, kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerak ekanligi haqida talabalarga tushuncha va ma'lumotlar berib o‘tishdi.

Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены