SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga ega. Ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‘lishga undashgan. Abdulla Avloniy: “Qizlar bilim olishga hammadan ko‘proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, — deb taʼkidlagan edi. 

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11 fevral – "Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" deb eʼlon qilingan.

 Bir necha kunlardan buyon butun Respublikamiz miqyosida "Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" tantanali ravishda nishonlanmoqda. Samarqand iqtisodiyoti va servis instituti olimalari ham ushbu tadbirga taklif etildi. Xususan, “Iqtisodiyot  nazariyasi” kafedrasi dotsenti Yulduz Pirnazarovna Urunbayeva Viloyat hokimligi  tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

Ustozga kelgusida oilaviy, ilmiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 

Ustoz muborak bo‘lsin!

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены