25-mart, bugun "Sayyoramiz soati" aksiyasi bo‘lib o‘tadi!



Aksiyasi doirasida Yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida bino va inshootlarda elektr jihozlarini bir soatga o‘chirish tavsiya etiladi.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!
Sizlarni ushbu aksiyada ishtirok etishga va "yashil" 60 daqiqaga taklif qilamiz. Ushbu vaqt davomida institut hududida sayr qilish, tabiat manzaralaridan bahra olishingiz mumkin!
2025-YIL — ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI
