O'zLiDeP yetakchisi ishtirokida “Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish – ular bandligini taʼminlashdagi muhim vosita” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi



Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining boshlang‘ich partiya tashkilotida navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab BPT raisining 2022-yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi. Shuningdek, kun tartibida ko‘rsatilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosarini saylash, boshlang‘ich partiya tashkilotining 2023-yil uchun ish rejalari tasdiqlanib olindi va BPT raisi nomzodiligiga institut o‘qituvchisi Yu.Urunbayeva o‘rniga institut "Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat" bo‘limi boshlig‘i Abduraimov Dilshod Muratkulovich nomzodiga ishonch bildirilib rais etib saylandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan “Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish – ular bandligini taʼminlashdagi muhim vosita” mavzusida fikr-mulohazalar almashildi.
SamISI Matbuot xizmati
