Faol talabalar turizm kafedrasi tomonidan e’tirof etilib, rag‘batlantirildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilimga bo‘lgan qiziqishi, tashabbuskorligi va turli tadbirlardagi faolligi uchun munosib rag‘batlantirildi. Samarqand shahri hamda institut miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, o‘z intellektual salohiyati bilan ajralib turgan yoshlar alohida e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimida talabalar nafaqat ta’lim jarayonida, balki amaliy ishlar, loyihalar va izlanishlar orqali ham turizm sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. Bunday tashabbuslar yoshlarni yangi marralar sari chorlab, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
