Adaptiv sport festivalida SamISI talabalari faol ishtirok etdi



Samarqand shahri Universitet xiyobonida bo‘lib o‘tgan adaptiv sport festivali yuqori saviyada tashkil etildi. Festival doirasida turli sport musobaqalari va ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazildi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ushbu festivalda faol ishtirok etib, ijobiy kayfiyat va jamoaviy ruh bilan ajralib turdi. Talabalarimiz sportga bo‘lgan mehrini, kuch-quvvatini va birdamligini yana bir bor namoyon etishdi!
