Rezekne akademiyasi delegatsiyasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida



Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Latviya Respublikasining Rezekne shahrida joylashgan Riga texnika universiteti Rezekne akademiyasidan delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan akademiya rektori professor Iveta Mietule, Iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Iluta Arbidane hamda Akademiya boshqaruv kengashi a’zosi Irena Beynarovicha-Litvinova o‘rin oldilar.
Tashrif davomida mehmonlar institutning moddiy-texnik bazasi, fakultetlar faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kun tartibidan institut rektori bilan rasmiy uchrashuv, xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari hamda turli hamkorlik yo‘nalishlarida tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
