SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

#kitobxonlik


Xalqimizda inson qalbini kitob yoritadi degan naql bor. Albatta, yoshlarni ma'nan tarbiyalab, kamolga yetkazishda kitoblarning o'rni beqiyos. Xususan muhtaram prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusning to'rtinchisi, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga alohida urg'u bergani ham bekorga emas. Kitobxonlik va kitoblar taqdimoti borasida ham Samarqand iqtisodiyot va servis institutining hech bir guruhi e'tibordan chetda qolgani yo'q. Barcha guruhlar bo'sh vaqtlarida kitobxonlikka jalb qilib kelinmoqda. Avvalroq TFT-222 hamda TFT-422 guruh talabalari bilan bo'lib o'tgan kitoblar taqdimoti haqida xabar bergan edik. Navbatdagi kitob taqdimoti TFT-322 guruh talabalari bilan bo'lib o'tdi. Servis fakulteti tyutori H.Jo'lanov boshchiligidagi talabalar institutimiz Axborot resurs markazida tashkil etilgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida yangi darsliklar, badiiy kitoblar taqdimotida bo'lishdi. U yerda ko'plab yangi keltirilgan darslik hamda badiiy kitoblarni ko'zdan kechirib, o'zlariga kitoblar tanlashdi.


SamISI Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены