Talabalar nigohida yangicha qarash: siyosiy faollikni oshirish yo‘lida yana bir qadam



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur uchrashuvlar davomida talabalarga partiyaning maqsad va vazifalari, yoshlar siyosatidagi ishtiroki hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, partiya tomonidan e’lon qilingan “Yangi nigoh” mavzusidagi videoroliklar tanlovi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlarda siyosiy faollikni oshirish, ijodiy qarash va tashabbuskorlikni rag‘batlantirishdan iborat.
