SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

1. “Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish" bo'limi tyutori Xudoyberdiyev Abdumalik Dilmurodovich ARM binosidaFIT-120 guruh talabalari ishtirokida "Dars jarayonida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalanish" mavzusida seminar trening o'tkazdi.

Shuningdek talabalarning ijarada yashash manzillariga borib, yashash sharoitlarini o'rgandi. Sovuq ob-havo sharoitlarida talabalarimizga is gazi va elektr energiyasidan to'g'ri foydalanish haqida turli tavsiyalar berdi.


2. “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakulteti dekan o`rinbosari A.P.Xazratov boshchiligida tyutorlar faoliyatini o`rganish doirasida Yunusov Xurshid Azamatovich rahbarlik qilayotgan ijarada yashovchi talabalar yashash sharoiti o`rganildi. Ularga gaz va elektr pechlaridan foydalanish bo`yicha tushunchalar berildi.


3. "Servis" fakulteti tyutori Sharabov Ulug'bek Shodmonovich ijarada yashovchi talabalarning ijara sharoitlarini o'rganish maqsadida joylarga borib, ijara sharoitlari bilan tanishdi, shuningdek talabalarni is gazi, yong'in xavfsizligi va elektr energiyasidan to'g'ri foydalanish haqida ogohlantirdi va bir qancha ko'rsatmalar berdi.


4. “Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish" bo'limi tyutori Sh.Xolmuratova kunlarning keskin sovuganligi sababli o'ziga biriktirilgan ijarada yashovchi talabalarning muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topishga harakat qilmoqda. Ijaradagi manzillarga borib, ularning yashash sharoitlarini o‘rganmoqda.


SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены