“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi



Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatini chuqur o‘rganish, uning ibratli hayoti va ijodini tahlil qilish, katta tajriba va mahorat maktabi sifatida baholash, bizga meros bo‘lib qolgan asarlari, g‘oyalari hamda fidoyiligidan saboq olishdan iborat.
G‘oliblar mavzuning toʻlaqonli ochib berilganligi, imloviy savodxonligi, soʻz boyligi, uslubiy mahorati va ishtirokchining xulosaviy fikrlari mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati mezonlariga ko‘ra aniqlandi.
1. Salimova Rushana, MK-424 guruh talabasi
2. Galiyeva Diana, BH-224 guruh talabasi
3. Mexriddinov Faxriddin, IK-122 guruh talabasi
Yuqoridagi ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichiga yo‘l olishdi. Respublika bosqichi g‘oliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning diplomi hamda quyidagicha
1-oʻrin – 8 000 000 soʻm;
2-oʻrin – 6 000 000 soʻm;
3-oʻrin – 4 000 000 soʻm
miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
