Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

2026-09-24 21
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Harbiy tayyorgarlik o'quv markaziga qabul qilish uchun talabgorlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan saralash imtihonlari bo'lib o'tmoqa

Imtihonlar davomida talabgorlarning jismoniy chiniqqanligi, tezkorligi, kuchi va chidamliligi maxsus mashqlar orqali baholandi. Jumladan, ishtirokchilar 100 metrga yugurish, turnikda tortinish hamda 3000 metrga yugurish kabi me'yoriy mashqlarni bajarishdi.

Saralash jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, talabgorlarning harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlariga bo'lgan jismoniy tayyorgarligi sinovdan o'tkazildi.

Mazkur saralash imtihonlari yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida tahsil olish uchun munosib nomzodlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.