SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti xodimlari tamonidan talabalarga “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi.

Mazkur dars jarayonida O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida kechayotgan dolzarb voqea-hodisalar, mamlakatning sotsial-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari, tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayib borayotgani hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Talabalarga o‘z fikr-mulohaza va takliflarini erkin bayon etish imkoniyati yaratildi. Ular dars jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan qiziqarli mulohazalar bildirishdi.