Iqtisodiyot fakultetida ekologiya mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2025-09-18 616
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Iqtisodiyot fakultetida ekologiya mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tyutorlari va soha mutaxassislari tamonidan talabalarga ekologiya yo‘nalishida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarning yechimlari, barqaror rivojlanish masalalari hamda yoshlarning ushbu jarayondagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar uchun ekologik tarbiya va mahorat darslarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.