Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Kecha va bugun" maxsus rukni doirasida targ'ibot-tushuntirish tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida institut iqtisodiyot fakulteti talabasi Bozorov Jobirning xalqaro gazetada e'lon qilingan maqolasi mazmun-mohiyati talabalarga tanishtirildi. Maqolada mustaqillik yillarida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta'lim va ilm-fan sohasidagi o'zgarishlar hamda yoshlarning erishayotgan yutuqlari yoritilgani haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, maqola misolida yoshlarning xalqaro miqyosdagi nashrlarda o'z fikr va qarashlarini bayon etishi, ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon qilishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский