Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida "Kelajak tadbirkori - 2026" mavzusida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi. Tadbirda institut karyera markazi bo'limi boshlig'i O.Rajabov, iqtisodiyot fakulteti dekan o'rinbosari S.Sharipov hamda O'zMilliy bank Samarqand filiali kredit bo'limi boshlig'i Sh.G'aniyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar hamda "Kelajakka qadam", "Biznes start", "Biznes progress", "Talaba invest" kabi dasturlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarning biznes g'oyalarini biznes-rejaga aylantirish, moliyalashtirish, stajirovka va bandlik imkoniyatlari, kasb ko'rgazmalarida ishtirok etish hamda career.edu.uz platformasi orqali bandlik jarayonlarini monitoring qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский