uz en ru
Назад: Новости
22 1 мин чтения

“Korrupsiyaga qarshi kurashish - har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish - har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Servis fakulteti tyutorlari tomonidan "Korrupsiyaga qarshi kurashish - har birimizning burchimiz" mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, davlat va jamiyat xavfsizligi, iqtisodiy barqarorlik hamda sog'lom ijtimoiy muhitga salbiy ta'siri haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, xalqaro korrupsiya holatlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlar to'qnashuvi natijasida yuzaga kelishi, uning oldini olishda huquqiy madaniyat, fuqarolik mas'uliyati va yoshlarning daxldorligini oshirish muhim ekani ta'kidlandi.