FIDOKOR USTOZGA EHTIROM
Agar kishi hayotda iz qoldirib, saksonga kirsa ham, yoshlikdagi kayfiyat, kuch-g‘ayrat qolaverar ekan.
Maxmudova Muxabbat Orziyevna 1946-yili 3-aprel kuni Orzi Maxmudovlar oilasida tavallud topganlar. Otalari Orzi Maxmudov avval Samarqand viloyat Paxtakor, Qarshi tumanlar ijroya ko‘mitsi raisi, keyinchalik Samarqand viloyat ijroya ko‘mitsi raisi lavozimlarida faoliyat yuritganlar.
M.Maxmudova 1968-yili Samarqand davlat universiteti chet tillar fakultetini tamomlab, o‘sha yili pedagogik faoliyatini Samarqand Davlat pedagogika institutinig chet tillar kafedrasida nemis tili fani o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.
1972-yildan boshlab to 2014-yilgacha M.Maxmudova Samarqand kooperativ instituti ( hozirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti)ning tillar kafedrasida faoliyat yuritgan. Ustoz o‘z faoliyati davomida xorijiy til fanlari, nemis tilidan ushbu yillar davomida kafedraning qator yitakchi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. U kishi tomonidan qator o‘quv qullanma, monografiyalar chop etilgan hamda u kishi tomonidan tayyorlangan kadrlarimiz bugun dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
1995-yili Samarqand kooperativ instituti qoshida litsey-internat ochilgani munosabati bilan M.Maxmudova avval o‘rindoshlik asosida, 2014-yildan esa asosiy shtatda ushbu dargohda nemis tili fani o‘qituvchsi lavoziminida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. U akademik litseyda ishlash davomida o‘zini mohir pedagog, o‘quvchilarning jonkuyar murabbiysi, o‘z sohasining bilimdoni va talabchan o‘qituvchi ekanligini har tomonlama ko‘rsata oldi. Faoliyati davomida 4 marotaba Germaniya Federativ Respublikasida malaka oshirib kelgan.
M.Maxmudova o‘z kasbining fidoyisi sifatida nafaqat pedagogic jarayon bilan, balkim boshqa jamoat ishlarida ham peshqadam bo‘lgan. Jumladan:Rossiyaning bir necha viloyatlarida talabalar qurilish otryadlarida ko‘ngilli bo‘lib, rahbarlik qilgan, institutning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida, xususan o‘quvchilarni turli sport musobaqalariga tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatib kelgan va o‘zi ham sportning basketbol turi bilan shug’ullanib, qator musobaqalarda ishtirok etgan va basketbol bo‘yicha sport ustasi darajasigacha erishgan hamda ko‘p yillar institut basketbol jamoasiga murabbiylik qilib kelga.
Bundan tashqari M.Maxmudova akademik litseyda nemis tili fanini o‘qitish sifatini takomillashtirish va o‘qitishning ilg‘or zamonaviy usullarini joriy etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy tillar fan kafedrasi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish, iqtidorli o‘quvchilar bilan maqsadli ishlash va ularni turli ko‘rik tanlovlar, fan olimpiadalari va musobaqalarga tayyorlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Oxirgi yillar mobaynida akademik litseyning jami 6 nafar o‘quvchilari fan olimpiadalarining Respublika bosqichida faxrli o‘rinlarni egallashida ustozning xizmatlari beqiyosdir
Muxabbat Maxmudova zamon talablari asosidagi peadagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish ishida tashabbuskor sifatida ko‘plab ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar muallifidir. Jumladan, “Talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning axamiyati”, “O‘quvchilarni oliy ta’lim muasasalariga tayyorlashda grammatikadan mashqlar to‘plami”, “Nemis tilini o‘rganishda matnlar bilan ishlash” kabi o‘quv- uslubiy qo‘llanmalaridan talabalar hamda o‘quvchilar keng ko‘lamda foydalanib kelishmoqda.
U doim ishda talabchan, intizomli, kamtarin, o‘zgalar dardiga sherik, nihoyatda xokisor inson ekanligi uchun ham butun jamoa hurmat qiladi.
Ma’rifat va ma’naviyat soyaboni, jonkuyar ustoz bugungi kunda 80 yillik tabarruk yoshni qarshi olmoqdalar. Biz Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Tillarni o‘qitish” kafedrasi jamoasi butun kuch-quvvati, bilimi va iste’dodini vatanimiz ravnaqi yo‘lida bag‘ishlayotgan ajoyib inson, teran fikrli ustoz, mohir tashabbuskor Muxabbat Maxmudovani muborak sana bilan chin ko‘ngildan qutlab, unga mustahkam sog‘liq, umrboqiy hayot, barkamol avlodni tarbiyalashdek mashaqqatli mehnatini davom ettirishni umid qilib, omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti tillarni o‘qitish kafedrasi jamoasi
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский