Самаркандский институт экономики и сервиса
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar va qadrli talabalar!
Sizlarni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar — Navro‘z bayrami hamda muborak Hayit bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Asrlar davomida xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fazilatlarini o‘zida mujassam etib kelayotgan Navro‘z bayrami — yangilanish, yasharish va bunyodkorlik ramzidir. Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayz-u baraka, qalblarga quvonch va ezgu umidlar olib kiradi.
Muborak Hayit kunlari esa insonlarni yanada mehr-oqibatli, saxovatli va kechirimli bo‘lishga chorlab, jamiyatimizda hamjihatlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu ulug‘ ayyomlarda qalblar poklanib, insoniylik, muruvvat va bag‘rikenglik kabi yuksak fazilatlar yanada yuksaladi.
Azizlar!
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, yoshlarimizning chuqur bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani barchamizga katta kuch va ilhom bag‘ishlamoqda.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham ushbu ulug‘ maqsadlar yo‘lida fidokorona mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga intilib kelmoqda. Bu yo‘lda siz aziz ustozlarimizning zahmatli mehnati, talabalarimizning intilishi va jamoamizning jipsligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Fursatdan foydalanib, sizlarning barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.
Navro‘z bayrami va muborak Hayit barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!
Hurmat ila,
Po‘latov Muhiddin Egamberdiyevich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский