SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Ma’lumki, joriy yilning 14-iyul sanasidan boshlab Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlari boshlangan edi. Ushbu imtihonlar yurtimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, bilimli va salohiyatli yoshlarni saralash hamda ularning bilimini adolatli baholash maqsadida yuqori darajada tashkil etilgan.

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbar xodimlari test sinovlari o‘tkazilayotgan hududga tashrif buyurib, jarayonni bevosita kuzatdilar. Ular tomonidan imtihonlarning shaffofligi, abituriyentlarning bilimini xolis va adolatli baholanishi, test topshirish jarayonida barcha belgilangan qoidalar va talablar asosida ish olib borilayotganligi qat’iy nazorat qilindi.

Tashrif davomida test sinovlari tashkil etilgan joylarda abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik choralari, tartib-intizom, texnik vositalarning ishlashi va boshqa muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, test jarayonining ochiqligi va adolatliligi — oliy ta’lim tizimiga ishonchni mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xodimlari tomonidan bu boradagi ishlar davomli ravishda olib boriladi.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены